Sanoat xavfsizligi masalalari doimiy nazoratda: “Uzbekistan GTL” zavodi xodimlarining malakasi oshirildi
2026-02-18 17:45:00 / Yangiliklar

Xususan, joriy yilning 9–13-fevral kunlari Qo‘mita huzuridagi “Kontexnazorato‘quv” davlat muassasasi mutaxassislari tomonidan Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Uzbekistan GTL” MCHJ muhandis-texnik xodimlari uchun maxsus o‘quv kursi tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
-
Texnik tartibga solish: Sanoat xavfsizligi sohasidagi yangilangan huquqiy-me’yoriy hujjatlar va xalqaro standartlarni amaliyotga joriy etish;
-
Xavf-xatarlarni boshqarish: Favqulodda vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish;
-
Profilaktika: Ishlab chiqarish jarayonida "Inson omili" bilan bog‘liq xavflarni kamaytirish va xavfsizlik madaniyatini oshirish.
Mazkur tadbir xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida davlat nazoratini samarali tashkil etish hamda yirik sanoat korxonalarida texnik xavfsizlik barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Qo‘mita bu kabi malaka oshirish tadbirlarini barcha tarmoq korxonalarida davom ettiradi.

