"CHIMGAN CHALLENGE - 2026": SPORT FESTIVALI
2026-02-17 12:00:00 / Yangiliklar

Unda respublikamizning turli vazirlik va idoralaridan sport targ‘ibotchilari ishtirok etdi. Uch kun davomida sportning to‘rt turi - mini-futbol, voleybol, stol tennisi va stritbol bo‘yicha o‘quv seminarlari, tajriba almashish va musobaqalar tashkil etildi.
Musobaqalar qiziqarli va do‘stona ruhda o‘tishi bilan birgalikda, ishtirokchilar o‘z mahoratlarini namoyish etdilar va o'zaro muloqot orqali jamoaviy ruhni mustahkamladilar. Tadbirda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi jamoasi nomidan ajoyib natijalar ko‘rsatib kelayotgan, sport targ‘ibotchisi Gulnora Murodova munosib ishtirok etdi. Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Bunday festivallar jamoaviy ruhni mustahkamlash bilan birga turli idoralar xodimlari o‘rtasidagi hamjihatlik darajasi va o‘zaro hamkorlik sifatini oshirishga xizmat qiladi, shuningdek, tajriba almashish va kasbiy o‘sish uchun qulay sharoit yaratadi.




