YUK KO'TARISH QURILMALARI
2026-02-12 17:20:00 / Yangiliklar

📑 Qarorga asosan:
1️⃣ Dastlabki texnik ko'rik — yangi o'rnatilgan yuk ko'tarish qurilmasining ishga tushirilishidan oldin uning mustahkamligi va texnik holati tekshiriladi. 🏗
2️⃣ Davriy texnik ko'rik — yuk ko'tarish qurilmasi ishlayotgan paytda har yili kamida bir marta tekshirilishi kerak bo'ladi.
3️⃣ Navbatdan tashqari texnik ko'rik — qurilmada nosozliklar yuzaga kelganida, ta'mirlashdan so'ng uning to'g'ri ishlashi tekshiriladi. 🔧
🔍 Tegishli tashkilotlar:
Ixtisoslashgan tashkilotlar yuk qo'tarish qurilmalarining holatini tekshiradi va qarorda belgilangan shartlarga muvofiq tekshirishni amalga oshiradi.
Texnik ko'rik natijalari, har bir qurilmaning pasportida ko'rsatiladi, shu jumladan, kelgusi ko'rik muddatlari ham ko'rsatiladi. 📝
📍 Texnik ko'rikda asosiy hujjatlar:
Xujjatlar to'plami: Qurilmaning xavfsizligini ta'minlash uchun kerakli hujjatlar, shuningdek, ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan pasportlar va sertifikatlar tekshiriladi. 🏷
🛠 Natijalar: Agar texnik ko'rikda kamchiliklar aniqlansa, qurilmaning mulkdori tomonidan ta'mirlash ishlari olib boriladi. Davriy tekshiruvlar, ixtisoslashgan tashkilotlar va mulkdor tomonidan birgalikda amalga oshiriladi.
🌍 Yuk qo'tarish qurilmasi mulkdori: Qurilmaning mulkdori har yili va kerak bo'lganda barcha zaruriy texnik ko'riklarni o'tkazib, xavfsizlikni ta'minlaydi. 🏢
✅ Qarorning bajarilishi uchun belgilangan muddatlar va tartiblarga qat'iy rioya qilish muhim. Bu barcha ishlarning xavfsiz va samarali amalga oshirilishini kafolatlaydi. 🏗
