YADRO TIBBIYOTI
2026-02-11 11:00:00 / Yangiliklar

2026 yil 10-fevralda "O‘zatom" agentligida uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, "Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi" Loyiha ofisi va boshqa yetakchi tibbiyot markazlari rahbarlari ishtirok etdi.
🔬 Yadro tibbiyoti infratuzilmasi: Rossiya tomoni yadro tibbiyoti sohasidagi tajribalarini o‘rtoqlashdi – siklotron komplekslari, radiofarmatsevtika mahsulotlari va PET/KT diagnostika markazlari.
🤝 Hamkorlikning yangi bosqichi: O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida yadro tibbiyotini rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi va strategiya ishlab chiqilmoqda. Bu tashabbuslar onkologik kasalliklarning darajasini kamaytirish imkonini beradi.






