RADIOAKTIV CHIQINDILARNI SAQLASH MARKAZI TASHKIL ETILADI
2026-02-10 21:00:00 / Yangiliklar

Qarorga ko‘ra, Yadro fizikasi instituti huzuridagi Respublika radioaktiv chiqindilarni ko‘mish punkti negizida Respublika radioaktiv chiqindilarni saqlash markazi (Markaz) tashkil etiladi.
✅ Markaz respublikadagi radioaktiv chiqindilarni maxsus avtotransportda tashish, qabul qilish, saralash va uzoq muddatli xavfsiz saqlash bo‘yicha yagona xizmat ko‘rsatuvchi davlat muassasasidir.
📝 Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi, jumladan:
🔹 Respublikada ishlab chiqarilgan va unga olib kirilgan, ishlash muddati tugagan yoki ishdan chiqqan radioaktiv manbalar bilan ishlash jarayonida hosil bo‘lgan radioaktiv chiqindilarni saralash, qayta ishlash, uzoq muddatli saqlash;
🔹 Radioaktiv chiqindilar bilan muomala qilishning innovatsion usullarini ishlab chiqish va bu sohada ilmiy tadqiqot o‘tkazish;
🔹 Sohada raqamlashtirish va axborot texnologiyalarini qo‘llash hamda tegishli davlat organlari bilan axborot almashinuvini ta’minlash.
🔔 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
