XAVFLI ISHLAB CHIQARISH OBYEKTLARIDA SANOAT XAVFSIZLIGI BO‘YICHA YANGI QONUN LOYIHASI
2026-02-10 11:00:00 / Yangiliklar

🆕 YANGI QONUN LOYIHASI
📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.12.2024-yildagi PF–224-son Farmoniga muvofiq, sanoat xavfsizligi sohasini tubdan takomillashtirishga qaratilgan yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
❗️ Yangi qonunda nimalar nazarda tutilmoqda?
📉 Amaldagi (2006-yilgi) Qonun:
Respublikamizda murakkab texnologiyalarga ega zamonaviy ishlab chiqarish korxonalar salmog‘i ortib borayotganligi, mavjud texnalogiyalarni eskirib borishi sanoat xavfsizligini ta’minlash qamrovi yo‘lida amaldagi Qonun avariya va baxtsiz xodisalarni oldini olishdа yetarli samara bermayapti
📊 2021–2025-yillar statistikasi:
🔍 9 500 ta nazorat tadbiri
⚠️ 72 000 ta kamchilik aniqlandi
💸 6,1 mlrd so‘mlik 7 800 ta jarima
💥 27 ta avariya — 51 mlrd so‘mdan ortiq zarar
🚑 317 ta baxtsiz hodisa
⚰️ 81 nafar vafot etgan, 187 nafar og‘ir jarohat olgan
🔥 Eng yirik avariyalar misolida:
🧪 Chirchiq (“Maksam-Chirchiq”) — 13 mlrd so‘m
🏭 Sergeli (“Interlogistics”) — 14,5 mlrd so‘m
⛽️ Farg‘ona propan shoxobchasi — 9,2 mlrd so‘m
🔧 Uztransgaz (Buxoro) — 2,3 mlrd so‘m
🧫 Navoiyazot — 3,5 mlrd so‘m
⛽️ Qashqadaryo va Surxondaryo — yirik talafotlar va qurbonlar
🆕 YANGI QONUN NIMANI O‘ZGARTIRADI?
✅ Jamoatchilik nazorati joriy etiladi
✅ Sanoat xavfsizligi auditi joriy etiladi
✅ II tipdagi ob'ektlar ham deklaratsiyalanishi oqibatida sanoat xavfsizligini ta’minlanish darajasi oshadi
✅ Xavfsizlik talablari personallashtiriladi (rahbarlar, XIChO foydalanuvchilariga va ishchilarga o‘ziga xos talablari ajratilmoqda)
✅Talablarni buzganlarga nisbatan Moliyaviy sanksiyalar joriy etiladi
✅ Ish beruvchilar tomonidan Majburiy sug‘urta masalalari kuchaytirilib, fuqarolarimizni ijtimoiy himoyasini ta’minlanadi
✅ Potensial xavfli ob’ektlar (bog‘lardagi attraksionlar, liftlar, xarakatlanuvchi sig‘imlar va x.k.) qonun predmetiga kirtildi
🛗 liftlar
🏗 yuk ko‘tarish mexanizmlari
🎢 attraksionlar
⚡️ shamol elektr stansiyalari
🚛 xavfli yuk tashish sig‘imlari
🛡 ASOSIY MAQSAD:
🏭 Avariya va baxtsis hodisalarni oldini olish
👤 Inson hayoti va sog‘lig‘ini himoyalash
🌱 Atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash
Yangi qonun — bu qattiq nazorat, aniq javobgarlik va real xavfsizlik sari muhim qadam.
🔔 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
