Kiberfiribgarlardan ogoh bo‘ling!
2026-02-06 11:00:00 / Yangiliklar

⚠️ Eslab qoling:
Na fintex-kompaniya xodimlari va na davlat organlari vakillari hech qachon maxfiy ma’lumotlarni so‘ramaydilar.
❌ Qaysi ma’lumotlarni so‘rashga haqlari yo‘q:
1. Tasdiqlash uchun kelgan SMS-kodlar
2. Karta yoki ilovalarning PIN-kodlari
3. Ilova va servislarning login hamda parollari
4. Push-xabarnomalardagi kodlar
5. Messengerlar orqali "qayta tekshiruv" uchun shaxsiy ma’lumotlar
Haqiqiy xodimlar yana nimalar qilmaydi:
1. Hisoblarni bloklash yoki jarimalar bilan qo‘rqitmaydi
2. "Hozirning o‘zida" shoshilinch harakat qilishingizni talab qilmaydi
3. Pullarni "xavfsiz", "zaxira" yoki "vaqtinchalik" hisob raqamlariga o‘tkazishni so‘ramaydi
4. Begona ilovalarni yoki masofadan boshqarish dasturlarini o‘rnatishni so‘ramaydi
5. "Shaxsni tasdiqlash" yoki "ma’lumotlarni yangilash" uchun havolalar yubormaydi
❗️ Agar sizga shunday qo‘ng‘iroq bo‘lsa:
1. Hech qanday ma’lumotni ma’lum qilmang
2. Suhbatni darhol yakunlang
Tashkilotning rasmiy aloqa kanallari orqali o‘zingiz bog‘laning.
⚠️ Hatto qo‘ng‘iroq qilgan shaxs sizning ma’lumotlaringizni bilsa ham, bu unga ishonish uchun asos emas, aksincha — ogoh bo‘lish uchun sababdir.
Ma’lumotlaringizni asrang va hushyor bo‘ling!
