АТТRAKSION QULAB TUSHDI
2026-02-08 11:00:00 / Yangiliklar

Hodisa 7-fevral kuni soat taxminan 18:00 larda ro‘y bergan. 26 nafar odamni olib aylanayotgan “Top Spin” attraksionining bir uchi o‘z o‘qi atrofida aylanib bo‘lganidan keyin to‘satdan ajralib ketib, qattiq zarb bilan yerga qulagan va 13 kishi jarohat olgan, deb yozadi The Hindu nashri. (https://www.thehindu.com/news/national/haryana/police-inspector-killed-and-several-injured-after-swing-collapsed-at-surajkund-mela-in-faridabad/article70604973.ece)
Ma’lumot uchun: Top Spin (ba’zan Tsunami deb ham ataladi) — kattalar uchun mo‘ljallangan xavfli, yuqori tezlikdagi mayatniksimon attraksion bo‘lib, “ulkan to‘lqin”ni taqlid qiladi: u oldin-orqaga tebranib, bir vaqtning o‘zida o‘z o‘qi atrofida aylanadi.
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi bu kabi noxush holatlarning oldini olish maqsadida, mamlakatimiz hududidagi madaniyat va istirohat bog‘lari hamda ko‘ngil ochar maskanlarda o‘rnatilgan va foydalanilayotgan texnik nosoz va shubhali bo‘lgan attraksionlarga duch kelsangiz “attraksion_nazorati” (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.technocorp.atraksion_nazorati) elektron mobil platformasi yoki Qo‘mitaning quyidagi 71 203-02-39 ishonch telefoni orqali murojaat qilishingizni so‘raydi.
