“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining 2026-yilgi saralash bosqichiga start berildi!
2026-02-02 11:00:00 / Yangiliklar

✅Kimlar ariza topshirishi mumkin?
🟢Respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalar, loyihalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan;
🟢O‘z sohasida chuqur bilim, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni namoyon etgan;
🟢14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yigitlar.
📄 Hujjatlarni topshirish muddati:
Joriy yilning 1-martiga qadar, arizalarni yashash manzilingiz bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga topshirishingiz mumkin.
🗂 Qo‘shimcha maʼlumot uchun nizom bilan tanishishingiz mumkin:
👉 Nizomni ko‘rish (https://lex.uz/docs/-3418697)
Jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘shayotgan iqtidorli yoshlarni eʼtirof etish va rag‘batlantirish bizning burchimiz. Mukofot uchun daʼvogarlik qilayotgan barcha nomzodlarga muvaffaqiyatlar tilaymiz!
#MardOʻgʻlon #MardlikVaJasorat
