Oʻzbekistonda 2025-yil 7 ming tonna uran ishlab chiqarildi
2026-02-02 21:00:00 / Yangiliklar

⚒️ Ko‘mir sanoati
Taqdimotda ko‘mirni chuqur qayta ishlash asosida yangi turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi.
🧪 “O‘zkimyosanoat” AJ tashabbusi bilan ko‘mirni kimyoviy qayta ishlash orqali polimer mahsulotlari ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
💰 Loyiha qiymati — 5 milliard dollar
🏭 Yillik quvvat:
• 8–9 mln tonna ko‘mirni qayta ishlash
• 1,18 mln tonna polimer mahsulotlari ishlab chiqarish
☢️ Uran sanoati
📊 O‘tgan yili mamlakatimizda 7 ming tonna uran ishlab chiqarildi.
📌 Aniqlangan zaxiralar hajmi 139 ming tonnaga yetdi.
🗺 Joriy yilda quyidagi konlarni o‘zlashtirish boshlanadi:
• Arnasoy
• G‘arbiy Qizilqoq
• Janubiy Jongeldi
• Sharqiy Ag‘ron
⚙️ Xomashyo qazib olish hajmi oshishi bilan uni qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.
🧴 Uran sanoatini sulfat kislotasi va uni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan texnik oltingugurt bilan barqaror ta’minlash choralari belgilandi.
Prezidentimiz mutasaddilarga:
✔️ loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish
✔️ ishlab chiqarish hajmlarini oshirish
✔️ iqtisodiy samaradorlikni kuchaytirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.



