MUNOSABAT
2026-01-15 17:00:00 / Yangiliklar
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda “Millar” axborot dasturi orqali Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Navro‘z ko‘chasida joylashgan 65–66-sonli ko‘p qavatli uylar bo‘yicha e’lon qilingan lavha yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videomurojaatda “Millar” axborot dasturida ta’kidlangan xabar asosida Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi — davlat inspektori tomonidan joyiga chiqib o‘rganilganda, mazkur ko‘p qavatli uylarda lift uskunalari bir necha vaqtdan beri tez-tez nosoz holatga kelib qolayotgani, shuningdek, uylar boshqaruv kompaniyasiga biriktirilmagani sababli lift uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatilmagani aniqlandi.
Hozirgi kunda ushbu uylar “TRUST KOMMUNAL” MChJga biriktirilgan bo‘lib, lift uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatilib, soz holatga keltirilgani ma’lum qilinadi.

