Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tomonidan 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing.
2026-01-22 18:00:00 / Yangiliklar

Qo‘mitaga yuklatilgan vazifalar 14 ta hudud, 4 ta davlat muassasalari
va 4 ta sanoat xavfsizligi inspeksiyalari tomonidan amalga oshirilib kelinmoqda.
Bugungi kunda Qo‘mita nazorati ostidagi obyektlar soni 29 mingdan ortiq bo‘lib, ularda 180 mingdan ziyod texnik qurilmalar ishlatiladi.
O‘tgan davrda qo‘mita faoliyatini samarali tashkil etish va xodimlar uchun moddiy va texnik jixatdan qulay shart-sharoitlar tashkil etilib, barcha hududiy tuzilmalar qulay lokatstiya bo‘yicha ma’muriy binolarga joylashtirildi. 14 ta Videokonferensaloqa vositalari, 100 ta planshet qurilmalari, 42 ta kampyuter va printer qurilmalari, 14 ta xizmat avtotransport vositalari hamda alohida ofis mebellari bilan ta’minlandi.
Shuningdek, Sohani raqamlashtirish maqsadida “Yagona integratsiyalashgan ekotizim” axborot tizimini ishga tushirilib 8 ta vazirlik va idora bilan integratsiya qilindi. tizimida 9 761 ta xavfli ishlab chiqarish obyektlari, 30 ming ta texnik qurilmalar, 2 243 ta ionlashtiruvchi nurlanish manbalari, 2 406 ta rentgenlar kiritilib, ularning elektron bazasi shakillantirildi. qonunbuzarliklar xavfini avtomatik tahlil qilish hamda monitoring va tahlilning tezkorligi oshirildi, inson omili kamaytirildi va shaffoflik ta’minlandi.
Avtomobillarga o‘rnatilgan gaz ballonlarning xavfsiz ekspluatatsiyasini barcha bosqichlarda nazorat qilish va tizimda shaffoflikni ta’minlash maqsadida “Avtomatlashtirilgan axborot-nazorat platformasi” ishlab chiqildi.
Qo‘mitaga 2025 yilda Jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1178 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 197 tasi jismoniy shaxslardan, 981 tasi yuridik shaxslardan kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning 1173 tasi ijobiy hal etilgan bo‘lib 5 tasi Qo‘mita vakolatiga kirmagan masala bo‘lganligi sababli boshqa tashkilotlargan yo‘naltirilgan.
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining nazorati ostidagi obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash hamda avariya va baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida 1 975 ta nazorat tadbirlari, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 180 foizga va 16 667 ta profilaktik tadbirlar, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 250 foizga ta’minlandi. Sanoat xavfsizligi sohasidagi 4 573 nafar xodimlarning malakasi oshirildi, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 200 foizga ta’minlandi.
Tekshirishlar natijasida 32 511 marotaba qonunbuzilish holati aniqlangan bo‘lib, 2 178 nafar shaxslarga qo‘llash to‘g‘risida Sudlarga xujjatlar yuborildi.
Litsenziya va ruxsatnomasiz faoliyat yuritgan 101 ta korxona va tashkilotlarga 5,4 mlrd.so‘m moliyaviy jarimalar qo‘llanildi.
4) Ko‘rsatilgan davlat xizmatlari bo‘yicha
yil davomida jami 11 234 ta ekspertiza hulosalari, 251 ta kadastr pasportlari reyestrda hisobga olingan.
Radiatsiya va yadro xavfsizligi yo‘nalishida
- 18 ta normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi.
- 1121 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Jumladan, 26 ta litsenziya, 826 ta ruxsatnoma, 269 ta xulosa rasmiylashtirildi
- 326 ta tekshiruv va 1109 ta profilaktika tadbirlari o‘tkazilib, 259 ta ma’muriy jarima (243 mln. so‘m), 141 ta iqtisodiy jarima (7,6 mlrd. so‘m) qo‘llanildi.
- “Yagona integratsiyalashgan ekotizim”ga 2451 ta rentgen uskunalari va 89 ta konteynerlar bo‘yicha ma’lumotlar kiritildi.
- Rentgen uskunalari nazorati qamrovi 70 % ga oshirildi.
- O‘zbekiston Respublikasining 4 ta konvensiyaga qo‘shilishi ta’minlandi ( Bular Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi, Yadro avariyasi to‘g‘risida tezkor xabar berish, Yadro xavfsizligi, Avariya holatlarida yordam ko‘rsatish).
- 2026-2027 yillar uchun Xalqaro Atom Agentligining 3 ta yangi loyihalar tasdiqlanishi ta’minlandi.
- 6 ta hamkorlik memorandumlari ishlab chiqildi.
- 17-28 mart kunlari Xalqaro Atom Agentligida Ishlatib bo‘lingan yoqilg‘i va radioaktiv chiqindilar bilan muomalada bo‘lish xavfsizligi haqidagi Birlashgan Konvensiya yuzasidan tayyorlangan uchinchi Milliy hisobotining himoyasida ishtirok etildi.
- Toshkent shahrida xalqaro ekspertlar ishtirokida 6 ta tadbir tashkillashtirildi, tadbirlarda 141 nafar mutaxassis ishtirok etdi.
