Til masalasi – Mahmudxoʻja Behbudiy
2026-01-19 14:20:00 / Yangiliklar

Mahmudxoʻja Behbudiy 1875-yilning 19-yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlogʻida dunyoga kelgan. Quyida Behbudiyning 1915-yil «Oyna» jurnalida chop etilgan til haqidagi maqolasi bilan tanishishingiz mumkin.
Mahmudxo‘ja Behbudiy. Til masalasi (1915)
Turkchaning shu’ba va shox(a)lari bo‘lgan o‘zbek chig‘atoy, totor, ozarbayjon, qozoq va turkman lahjalarindagi yangi matbuotning eng ahamiyatlik masalalaridan biri, albatta, sheva, lahja, imlo masalalaridur. «Til masalasi» muharrirlaridan biri der: «Tillar zamon ila isloh bo‘lur, birdan isloh etilmaslar». Sodda til nima uchun kerak? Atrofindagi qavmu qarindoshi ilan so‘ylashmoq uchun. Adabiy va ilmiy til nimag‘a kerak? Mavjud ilmu fan va tarixni bilmoq va alardan foydalanmoq uchun.
