YADRO ENERGETIKASI VA RADIATSIYA XAVFSIZLIGI
2026-01-09 21:00:00 / Yangiliklar

Unda atom energetikasi obyektlari uchun mo‘ljallangan mahsulotlar, uskunalar va butlovchi qismlarning qabul qilish (приёмка) tizimi, ya’ni ularning xavfsizlik va sifat talablariga muvofiqligini tekshirish tartiblari muhokama qilindi. Ushbu mavzu doirasidagi taqdimot «Атомстройэксперт» mutaxassisi tomonidan namoyish etildi, bu esa tadbirning amaliy va sohaga yo‘naltirilgan ahamiyatini yanada oshirdi.
Tadbirda shuningdek, Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti hamda Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazining yetakchi mutaxassis va ekspertlari ishtirok etdi. Ular atom energetikasi uchun mo‘ljallangan mahsulotlarning texnik hujjatlari, sinov natijalari va ishlab chiqarish jarayonlarini xalqaro va milliy xavfsizlik standartlari asosida baholash masalalariga to‘xtaldilar.




