Mintaqaviy radiologik va yadro xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan o‘quv mashg‘uloti boshlandi
2025-12-10 09:00:00 / Yangiliklar

Ushbu tadbirning asosiy maqsadi — mintaqada radiologik va yadro materiallarining noqonuniy aylanishiga urinishlarning oldini olish, tegishli idora va tuzilmalar salohiyatini mustahkamlash, shuningdek, mutaxassislarning amaliy ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.
Mashg‘ulotlarda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi ҳамда Bosh prokuraturaning malakali mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Muhim tadbirga Qo‘mita raisi o‘rinbosari Yakubekov Sardorbek Sayfutdinbekovich kirish va qutlov so‘zlari bilan старт berdi. U o‘z nutqida mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, noxush holatlarning oldini olish va davlatlararo hamkorlikni kuchaytirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.
Mazkur o‘quv mashg‘uloti Markaziy Osiyoda radiologik va yadro xavfsizligini mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘lib, mutaxassislarning malakasini oshirishdа katta аhamiyat kasb etadi.



