Yadro qurollarini tarqatmaslik va qurolsizlanish
2025-12-02 19:20:00 / Yangiliklar
AQSH Davlat departamentining Yadro qurollarini tarqatmaslik va qurolsizlanish bo‘yicha jamg‘armasi tomonidan 2023-2024-yillarda respublika vakillari ishtirokida rejalashtirilgan kimyoviy xavfsizlikni ta‘minlash va u bilan bog‘liq xatarlarni boshqarishga doir dastur amalga oshirilmoqda.

Mazkur dastur doirasida Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi nomiga qiymati 245 ming AQSH dollari bo‘lgan beg‘araz texnik ko‘magi doirasida asbob-uskunalar yetkazib berilib, Mudofaa va Favqulodda vaziyatlar vazirliklariga topshirildi.
Joriy yilning 30-noyabr va 1-dekabr kunlari asbob-uskunalarni sozlash ishlari (kolibrovkasi) o‘tkazildi, 2-dekabr kuninig birinchi yarmida asbob-uskunalarni rasmiy topshirildi va 2-4-dekabr kunlari ushbu asbob-uskunalardan foydalanish bo‘yicha xalqaro ekspertlar ishtirokida milliy trening Mudofaa vazirligida o‘z ishini boshladi. Tadbirni Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisi o’rinbosari S.Yakubekov qutlov va kirish soʼzlari bilan rasmiy ochib berdi.



