"Samarkand Marathon" xalqaro xayriya yugurish marafoniga start berildi
2025-11-09 13:00:00 / Yangiliklar

Dastlab, Registon maydonida “KIDS RUN” yo‘nalishida 3 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida poygalar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, skandinavcha yurish musobaqalari o‘tkazildi.
9-noyabr kuni marafonning asosiy bellashuvlarida 40 ga yaqin davlatdan 8 ming nafardan ziyod ishtirokchi qatnashdi. Mazkur marafonda Sanoat,radiatsiya va yadro xavfsizligi qo'mitasi xodimlari ham munosib ishtirok etishdi. Bellashuvlarda ishtirokchilar 5, 10, 21.1, 42.2 kilometr masofalarni bosib o‘tdi. 42.2 kilometrlik bellashuv uchun homiylar tomonidan pul mukofoti ta’sis etilgan bo‘lib, birinchi o‘ringa 30 million so‘m, ikkinchi o‘ringa 25 million so‘m va uchinchi o‘rin uchun 20 million so‘m beriladi. Marafon doirasida turli yosh toifasida va imkoniyati cheklangan shaxslar o‘rtasida ham poygalar tashkil etildi.








