“Kontexnazorato’quv” ISO 37001:2016 xalqaro standarti asosida faoliyat yuritadi
2025-11-06 18:00:00 / Yangiliklar

Ushbu sertifikat “Kontexnazorato’quv” DMning korrupsiyaning har qanday ko'rinishlariga murosasiz munosabatini bildiradi va muassasa tinglovchilari va biznes hamkorlarning ishonchini oshirishga xizmat qiladi. Qo’mita tizimida xalqaro standartlar asosida faoliyat yurituvchi korrupsiyaga qarshi kurash tizimi ham joriy etilgan bo’lib, Korrupsiyaga qarshi kurashishda qo’mita boshqaruv tizimini ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga muvofiqlashtirish maqsadida mahalliy mutaxassislar bilan birgalikda bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirgan. Xususan, korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan tahdid va xavf-xatarlar baholanib, ularni kamaytirish choralari belgilab olingan. Qo’mita nazorati ostidagi xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida qo’mita xodimlari bilan munosabatlardagi korrupsiyaviy xavfi mavjud bo’lgan holatlarni aniqlash va bartaraf etish, xodimlarga korruptsiyaga qarshi siyosatga muvofiqligi to'g'risida deklaratsiya taqdim etish, yuqori xavf ostida bo'lgan xodimlar ro'yxatini yuritish kabi tizimli ishlar yo'lga qo'yilgan. Bu esa ayni paytda, tizimda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiya holatlarining oldini oladi hamda murojaat etuvchilarga ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida olib borilayotgan faoliyat darajasini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.Korrupsiyaga qarshi kurashish va bu borada aholi bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida Qo’mitaning 712030239 raqamli “Ishonch telefoni” faoliyat ko‘rsatmoqda. Aloqa liniyalarida qo'ng'iroqlar 24/7 ochiq yoki anonim tarzda qabul qilinadi. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyat toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumotni Sanoat, radiyatsiya va yadro xavsizligi qo’mitasi rasmiy sayti orqali olish mumkin: https://gov.uz/oz/cirns/pages/korrupsiyaga-qarshi-kurash

