Veb-saytdan foydalanish bo'yicha yo'riqnoma va terminlarning ma'nosi
O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati Bog‘ot tumani hokimligining rasmiy veb-saytiga kirish uchun internet brauzerlaridan birini ishga tushirish va brauzerning manzillar qatoriga https://gov.uz/bogot elektron manzilni kiritishingiz lozim.
Sayt asosiy menyu va 7 ta asosiy bo‘lim hamda 56 ta sahifadan iborat. Saytning asosiy sahifasida barcha bo‘limlarga o‘tish hamda ko‘p o‘qiladigan sahifalar to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar berilgan.
- “Hokimiyat haqida” bo‘limi orqali veb-saytga tashrif buyuruvchilar tuman hokimligi rahbariyati, tuman hokimligida faoliyat yurituvchi xodimlar, tumandagi idora va tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, Bog‘ot tumani hokimligining tuzilmasi hamda hokimiyat haqidagi boshqa ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin.
- “Faoliyat” bo‘limida tumanning rivojlanish sur’atini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlar, xalqaro hamkorlik, davlat dasturlari ijrosi, statistik hisobotlar, ochiq majlislarda ishtirok etish tartibi, sayyor qabullar, aholi va tadbirkorlik subyektlarining tez-tez beriladigan savollariga javoblar, axborot taqdim etishga mas’ul xodimlar hamda tuman hokimligi faoliyatiga aloqador boshqa ma’lumotlar mavjud.
- “Davlat xizmatlari” bo‘limi fuqarolar hamda tadbirkorlarga davlat xizmatlari haqida tezkor va qulay ma’lumot olish imkonini beruvchi muhim sahifa hisoblanadi. Ushbu bo‘lim orqali davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi, elektron xizmatlarga oid yo‘riqnomalar, bo‘sh ish o‘rinlari hamda tegishli tashkilotlarga murojaat qilish imkoniyatlari haqida ma’lumot olish mumkin. Bo‘lim aholiga xizmatlardan ochiq, shaffof va zamonaviy raqamli tizimlar orqali foydalanishda qulaylik yaratishga xizmat qiladi.
- “Hujjatlar” bo‘limida tuman hokimligida qabul qilinayotgan qaror va farmoyishlar, ishlab chiqilayotgan yangi nomativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari, Xalq deputatlari tuman Kengashi qarorlari hamda boshqa hujjatlar joy olgan.
- “Raqamli hukumat” bo‘limida Bog‘ot tumani hokimligi faoliyatiga oid ochiq ma’lumotlar, ochiq byudjet ma‘lumotlari, davlat xizmatlari yagona reestri, mahalliy byudjetning qo‘shimcha mablag‘laridan foydalanish oid hujjatlar hamda raqamli hukumat haqidagi boshqa ma’lumotlar ma’lumotlar mavjud.
- “Axborot xizmati” bo‘limidan tuman faoliyatiga oida muhim xabar va yangiliklar, tanqidiy chiqishlar rasmiy munosabatlar, e’lon va tenderlar, rahbariyatning nutq va bayonotlari hamda tuman hokimligi Axborot xizmati haqida boshqa ma’lumotlar joy olgan.
- “Bog‘lanish” bo‘limida. Bog‘ot tumani hokimligining ishonch telefonlari, ijtimoiy tarmoqdagi sahifari, veb-saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma hamda elektron pochta manzillari joy olgan.
Veb-sayt Bog‘ot tumani hokimligining ochiq va raqamli formatda aks ettiradi. Undan to‘g‘ri foydalanish, foydalanuvchiga ma’lumot topish, hokimlik faoliyati to‘g‘risida ochiq va shaffof axborotga ega bo‘lish va yangiliklardan tezkor xabardor bo‘lish imkonini beradi.
Rasmiy veb-saytga axborotlarni joylashtirish va yangilash uchun javobgar shaxs: Baxtiyarov Mirjalol Umid o‘g‘li.
Mas’ul shaxs bilan bog‘lanish: +99862 315-27-48.
Telegram orqali bog‘lanish: t.me/Murojaat_Bogot.
Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
