Turizm

Qalajiqqal’a turistik majmuasi Bog‘ot tumanidagi madaniy meros obyekti va arxeologiya yodgorligi hisoblanadi. Qalajiqqal’aga miloddan avvalgi IV-III asrlarda asos solingan. Qalajiqqal’a O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan. Majmua O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq turizm salohiyati yuqori bo‘lgan madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan. Qalajiqqal’a turistikmajmuasi Qoraqum cho‘lining o‘rtasida, Xorazm viloyati Urganch shahridan 90 km uzoqlikda joylashgan. Majmua hududida ikkita asosiy diqqatga sazovor joylar mavjud: yoshi taxminan 3000 yillik qal’a va shifobaxsh xususiyatlarga ega sho‘r ko‘l. Qalajiqqal’asho‘r ko‘l bo‘yida joylashgan bo‘lib, u qadimgi Xorazm hududidagi eng qadimgi qal’alardan biri hisoblanadi. Devorining balandligi 14 metr, kengligi esa 2,5 metr. Qal’a tepasidan Qoraqum cho‘lining qumtepalari ko‘rinib turadi. Cho‘l qumlari sug‘orish tizimiga ega qishloq xo‘jaligi yerlari bilan chegaradosh. Qalajiqqal’adagiko‘lga odamlar azal-azaldan davolanish uchun kelishgan. Ma’lumotlarga qaraganda ko‘l suvi revmatizm, bel og‘rig‘i, bo‘g‘im og‘riqlarini davolash uchun tabiiy va iqlim sharoitiga ega. Ko‘l suvini tashkil etuvchi foydali elementlar yurak-qon tomir tizimining faoliyatini yaxshilashga va qon aylanishini barqarorlashtirishga yordam beradi. Shuningdek, terini mikroblardan tozalaydi, asablarni tinchlantiradi, bo‘g‘imlarda va terida sodir bo‘ladigan salbiy jarayonlarni sekinlashtiradi va ko‘p hollarda davolaydi. Suvning bu shifobaxsh xususiyatlarining shuhrati bugungi kungacha saqlanib qolgan, shuning uchun bu yerga nafaqat respublikamizning boshqa hududlaridan balki butun dunyodan sayyohlar tashrif buyuradi. Bunday ko‘l cho‘lda qanday paydo bo‘lib qolgan? Olimlarning fikriga ko‘ra, ko‘l, tez-tez toshqinlar tufayli paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan qo‘shni ko‘llarning yer osti suvlari oqimidan paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin ekan. Bundan tashqari, ko‘lning bitta g‘ayritabiiy xususiyati bor, mintaqada quruq mavsum bo‘lganida ko‘lning suvi ko‘payadi, agar mavsum ko‘p suvli bo‘lsa, aksincha, ko‘l suvi kamayadi. Qalajiqqal’a qal’asini, O‘zbekistonning “Xumson”, “Omonxona”, “Oqtosh”, “Zomin” kabi boshqa mashhur sog‘lomlashtirish markazlari bilan taqqoslash mumkin.
Bugungi kunda bu yerda qadimiy qal’aning boy tarixiy merosi va zamonaviy qulayliklarni o‘zida mujassam etgan “Qalajiqqal’a” turistik majmuasi tashkil qilinmoqda. Majmua mehmonxona, o‘tov uylari, yirik basseynlar kompleksi, ekoturizm va boshqa ko‘ngil-ochar maskanlarni o‘z ichiga oladi hamda Qalajiqqal’a suv havzasida cho‘milish, qayiqlarda ko‘l bo‘ylab sayr qilish, har hil turdagi sport o‘yinlari bilan shug'ullanish imkoniyatini berish bilan birga, zamonaviy qulayliklardan foydalanish imkonini ham taqdim etadi.
Bog‘ot tumani hokimligi matbuot xizmati
