Hokimiyat haqida

Boğot tumani hokimligi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Özbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi Qonuni (1993-yil 2-sentyabr), Özbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligi töğrisida”gi Qonuni (2014-yil 5-may), Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududiy davlat boşqaruvi organlari tuzilmasini takomillaştiriş töğrisida”gi qarori (2016-yil 24-fevral), Vazirlar Mahkamasining “Viloyatlar, şaharlar va tumanlar hokimliklari boşqaruv apparatlari töğrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlaş haqida”gi qarori (2016-yil 27-aprel), Vazirlar Mahkamasining “Davlat boşqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori (2016-yil 2-mart)ga muvofiq faoliyat yuritadi. Hokimlik Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, Özbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi Qonunida va Özbekiston Respublikasining boşqa qonunlarida, Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyişlarida, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyişlarida, viloyat hokimligining qaror va farmoyişlarida belgilangan vakolatlarini amalga oşirişda davlat organlari va boşqa taşkilotlar bilan hamkorlik qiladi. Hokimiyat tuzilmasi va xodimlarining çeklangan soni Özbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarori bilan örnatiladi va özgartiriladi. Boğot tumani hokimligi boşqaruv apparati öz faoliyatida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga va Özbekiston Respublikasining boşqa qonunlariga, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari va farmoyişlariga, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyişlariga, boşqa qonun hujjatlariga, şuningdek Boğot tumani hokimligining boşqaruv apparati töğrisidagi Nizomga amal qiladi. Boğot tumani hokimligi boşqaruv apparati öz faoliyatini hokimning rahbarligida amalga oşiradi. Tuman hokimi viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi, ozod etiladi va Xalq deputatlari Boğot tuman Kengaşi tomonidan tasdiqlanadi. Hokimning vakolat muddati – 5 yil.
Boğot tumani hokimligi axborot xizmati
