Axborot oliş uçun sörovlarni qabul qiliş tartibi
Bog‘ot tumani hokimligi faoliyati töğrisidagi axborotni oliş uçun sörovlarni qabul qiliş, röyxatdan ötkaziş va qayta işlaş tartibi töğrisidagi
YÖRIQNOMA
Mazkur Yöriqnoma Özbekiston Respublikasining «Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligi töğrisida»gi Qonuniga hamda Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-noyabrdagi 320-son «Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligi töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarini amalga oşirişga yönaltirilgan kompleks çora-tadbirlar köriş töğrisida»gi qaroriga muvofiq, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari (bundan buyon matnda davlat organlari deb yuritiladi) faoliyati töğrisidagi axborotni oliş uçun sörovlarni qabul qiliş, röyxatdan ötkaziş va qayta işlaş tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Davlat organlarining faoliyati töğrisida axborot izlaşni amalga oşirayotgan jismoniy yoki yuridik şaxs axborotdan foydalanuvçi hisoblanadi.
2. Davlat organlarining faoliyati töğrisida axborot olişga doir sörov (bundan buyon matnda sörov deb yuritiladi) axborotdan foydalanuvçining davlat organlari faoliyati töğrisida axborot taqdim etiş haqida uşbu organlarga yoki ularning mansabdor şaxslariga yöllanadigan oğzaki yoki yozma şakldagi (şu jumladan, elektron hujjat şaklidagi) talabidir.
3. Axborotdan foydalanuvçi davlat organlariga ularning faoliyati töğrisida axborot oliş uçun bevosita yoxud öz vakillari orqali sörov bilan murojaat etiş huquqiga ega.
4. Sörovlar «Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligi töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasida körsatilgan talablarga muvofiq rasmiylaştirilişi kerak.
5. Yozma sörovda murojaat etuvçining elektron manzili körsatilişi mumkin. Yozma sörovda elektron manzilning körsatilganligi murojaat etuvçining sörovga axborot tizimi orqali elektron şaklda javob olişga bölgan roziligidir.
6. Sörovlar davlat tilida va boşqa tillarda berilişi mumkin.
7. Quyidagilar sörov hisoblanmaydi: jismoniy va yuridik şaxslarning ariza, şikoyat hamda takliflari; taqdim etilişining öziga xos xususiyatlari boşqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, davlat organlarining faoliyatiga taalluqli bölgan axborotning ayrim turlari; davlat organining boşqa organlarga ularning faoliyati töğrisidagi axborotni olişga doir sörovlari.
8. Axborotdan foydalanuvçi tomonidan söralgan axborot qonunda belgilangan tartibda davlat sirlari yoki qonun bilan qöriqlanadigan boşqa sirni taşkil etuvçi ma’lumotlar jumlasiga kiritilgan bölsa, sörovda körsatilgan axborotni taqdim etiş rad etiladi va axborotdan foydalanuvçiga asoslantirilgan javob yuboriladi.
2-bob. Sörovlarni qabul qiliş
9. Axborotdan foydalanuvçi Boğot tumani hokimligiga oğzaki yoki yozma şaklda yoxud elektron hujjat şaklida sörov bilan murojaat etişi mumkin. Bunda elektron hujjat şaklidagi sörovlar Boğot tumani hokimligining rasmiy veb-sayti, rasmiy elektron poçta manzili yoki Özbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladi.
10. Sörovlarni qabul qiliş va röyxatdan ötkazilişini ta’minlaş Boğot tumani hokimining qarori bilan belgilangan sörovlar bilan işlovçi tarkibiy bölinma yoki mas’ul xodim tomonidan amalga oşiriladi.
11. Sörov poçta orqali kelib tuşganda, sörovlar bilan işlovçi tarkibiy bölinma yoki mas’ul xodim tomonidan konvertda sörov mavjudligi tekşiriladi. Konvertda sörovning yoki sörovda körsatilgan ilovalarning mavjud emasligi aniqlanganda, sörovlar bilan işlovçi tarkibiy bölinma yoki mas’ul xodim tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ulardan biri (sörov va u yuborilgan konvert bilan birga) sörovlar bilan işlovçi tarkibiy bölinma yoki mas’ul xodimda qoladi, ikkinçisi kuzatuv xatiga ilova qilingan holda konvertda körsatilgan manzil böyiça yuboriladi.
12. Elektron hujjat şaklida sörov tuşgan kunida qoğozga bosib çiqarilişi, iş vaqti tamom bölgandan keyin tuşgan taqdirda esa - navbatdagi iş kunida qoğozga bosib çiqarilişi kerak.
13. Axborotdan foydalanuvçini identifikatsiyalaş imkoniyatini beradigan ma’lumotlar körsatilmagan sörov anonim hisoblanadi va körib çiqilmaydi.
14. Sörov anonim deb e’tirof etilganda, bu haqda ijroçi (yoki ijroçilar) tomonidan xulosa tuziladi. Xulosada sörovni anonim deb e’tirof etiş uçun asoslar körsatiladi. Sörovni anonim deb e’tirof etiş töğrisidagi xulosa sörovlar bilan işlovçi tarkibiy bölinma yoki mas’ul xodim tomonidan tasdiqlanadi hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi, viloyat, tuman hamda şahar hokimlari yoki vakolat berilgan boşqa mansabdor şaxs tomonidan ijrodan olinadi.
15. Avvalgi sörovlar böyiça yuborilgan javobdan norozilik bildirilgan, şuningdek agar takroriy sörov kelib tuşgan paytda körib çiqişning qonun hujjatlarida belgilangan muddati tugagan bölsa, avvalgi sörov öz vaqtida körib çiqilmaganligi haqida xabar qilingan, aynan bir axborotdan foydalanuvçidan kelib tuşgan sörov takroriy deb hisoblanadi. Takroriy sörovga u kelib tuşgandan söng navbatdagi röyxat indeksi berilib, sörovlarni röyxatga oliş jurnalida yoki elektron hujjat aylaniş tizimida «takroriy» deb qayd etiladi.
16. Aynan bir axborotdan foydalanuvçining sörovi nusxasi sörov dublikati hisoblanadi. Boğot tumani hokimligiga sörov dublikati (nusxasi) kelib tuşgan hollarda, uşbu sörovga alohida tartib raqami berilmasdan, birinçi marta röyxatga olingan sörovning tartib raqami va undan söng boş harfda «/D» belgisi hamda sörov kelib tuşgan sana bilan qayd etiladi (masalan, sörov birinçi marta 2016-yil 10-martda 10-1-25 bilan röyxatga olingan bölib, sörov dublikati ham kelib tuşganda, «2016-yil 10-mart, 10-1-25/D» kabi röyxatga olinadi).
3-bob. Sörovlarni röyxatdan ötkaziş
17. Sörov Boğot tumani hokimligiga kelib tuşgandan söng, u sörovlar bilan işlovçi tarkibiy bölinma yoki mas’ul xodim tomonidan sörovlarni röyxatga oliş jurnaliga yoki elektron hujjat aylaniş tizimiga qayd etiladi.
18. Sörovlarni röyxatga oliş jurnali yoki elektron hujjat aylaniş tizimida sörov qabul qilingan sana, sörovning tartib raqami, sörov bilan murojaat qilgan jismoniy şaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, yaşaş joyi (yuridik şaxslar uçun - yuridik şaxsning töliq firma nomi, uning joylaşgan eri (poçta manzili) töğrisidagi ma’lumotlar, sörovning qisqaça mohiyati, agar sörov dublikat yoki takroriy bölsa, uning dublikat yoki takroriyligi hamda sörov ijrosi töğrisidagi ma’lumotlar körsatiladi.
19. Axborotdan foydalanuvçi öz sörovini u körib çiqilgunga qadar va körib çiqilayotgan vaqtda ariza beriş orqali qaytarib oliş huquqiga ega.
4-bob. Sörovlarni qayta işlaş
20. Qabul qilingan va röyxatga olingan sörovlar bir iş kuni içida Boğot tumani hokimi yoki uning örinbosariga rezolyutsiya (sörovni ijro etiş böyiça körsatma) qöyiş uçun kiritiladi.
21. Rezolyutsiyada sörovni ijro etiş uçun mas’ul etib belgilangan tarkibiy bölinma(lar) rahbarining familiyasi, topşiriq mazmuni aks ettiriladi hamda davlat organi rahbari yoki uning örinbosari tomonidan imzolanadi va sana qöyiladi.
22. Rezolyutsiya yozilganidan söng, sörov sörovlar bilan işlovçi tarkibiy bölinma yoki mas’ul xodim tomonidan sörovni ijro etiş uçun mas’ul etib belgilangan tarkibiy bölinma xodimiga imzo qöydirgan holda topşiriladi.
23. Sörovlar «Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligi töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida belgilangan tartibda va muddatlarda körib çiqiladi.
24. Sörovlar bilan işlovçi tarkibiy bölinma yoki mas’ul xodim muntazam ravişda Boğot tumani hokimligida sörovlar bilan işlaş tizimini takomillaştiriş, şuningdek, Boğot tumani hokimligi faoliyati töğrisida muntazam söraluvçi axborotni naşr etiş hamda boşqa muhim masalalar böyiça takliflar tayyorlaş maqsadida sörovlarni umumlaştiriş, ularni mazmunan birlaştiriş va boşqa şakllarda qayta işlaşni amalga oşiradi.
5-bob. Oğzaki sörovlarni qabul qilişni taşkillaştiriş
25. Boğot tumani hokimi tomonidan tasdiqlangan grafik asosida belgilangan kunlar va soatlarda jismoniy şaxslarni va yuridik şaxslarning vakillarini qabul qiliş taşkil etiladi.
26. Boğot tumani hokimligida axborotdan foydalanuvçilarni qabul qiliş uçun möljallangan alohida xona ajratilişi mumkin.
27. Axborotdan foydalanuvçi oğzaki murojaat etayotganda, Boğot tumani hokimligi mas’ul xodimiga özining şaxsini tasdiqlovçi hujjatini, yuridik şaxsning vakili esa özining şaxsini va vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlarini körsatişi kerak. Bunday hujjatlarni körsatmagan axborotdan foydalanuvçilar qabul qilinmaydi.
28. Oğzaki sörov bilan murojaat qilgan axborotdan foydalanuvçini qabul qiliş sörov mohiyatidan kelib çiqib, tegişli bölinma rahbari hamda sörovlar bilan işlovçi tarkibiy bölinma xodimi yoki mas’ul xodim iştirokida amalga oşiriladi. Agarda oğzaki sörov bilan murojaat etgan axborotdan foydalanuvçini qabul qiliş vaqtida uşbu sörovni körib çiqiş Boğot tumani hokimligining vakolat doirasiga kirmasligi aniqlansa, unga söralayotgan axborotni oliş böyiça sörov bilan qaysi davlat organiga murojaat etişi mumkinligi tuşuntiriladi va bu haqda sörovlarni röyxatga oliş jurnaliga yoki elektron hujjat aylaniş tizimiga qayd etiladi.
29. Axborotdan foydalanuvçilarning oğzaki sörovlari Boğot tumani hokimligining «işonç telefoni» orqali qabul qilinişi mumkin. Bunda sörovlar mazkur Yöriqnomada belgilangan tartibda rasmiylaştiriladi.
30. Oğzaki sörovga, imkoniyatga qarab darhol javob berilişi kerak.
6-bob. Sörovlarning körib çiqilişini monitoring qiliş
31. Sörovlar bilan işlovçi tarkibiy bölinma yoki mas’ul xodim sörovlarni ijro etiş uçun mas’ul etib belgilangan tarkibiy bölinmalar tomonidan sörovlar körib çiqilişini doimiy monitoring qiladi, zarur hollarda, sörovlarning öz vaqtida körib çiqilişini ta’minlaş çoralarini köradi.
32. Sörovlar bilan işlovçi tarkibiy bölinma yoki mas’ul xodim sörovlarni körib çiqiş muddatlari va tartibi sörovlarni ijro etiş uçun mas’ul etib belgilangan tarkibiy bölinmalar tomonidan buzilişi töğrisida Boğot tumani hokimini darhol xabardor qiladi.
33. Sörovlar bilan işlovçi tarkibiy bölinma yoki mas’ul xodim monitoring natijalari böyiça har oyda Boğot tumani hokimiga sörovlar körib çiqilişining holati töğrisidagi axborotni, zarurat bölganda, mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligi töğrisidagi qonun hujjatlari buzilişiga yöl qöygan xodimlarga nisbatan javobgarlik çoralarini köriş yuzasidan tegişli takliflar bilan birgalikda taqdim etadi.
34. Sörovlar bilan işlovçi tarkibiy bölinma yoki mas’ul xodim sörovlarni umumlaştirib, tahlil qilib boradi. Zarur hollarda, tahlil natijalari böyiça Boğot tumani hokimiga davlat organida sörovlar bilan işlaş tizimini va tegişli qonun hujjatlarini takomillaştiriş yuzasidan, şuningdek axborotdan foydalanuvçilar tomonidan davlat organi faoliyati töğrisida muntazam söraluvçi axborotni naşr etiş hamda boşqa muhim masalalar böyiça takliflar kiritadi.
7-bob. Yakuniy qoidalar
35. Mazkur Yöriqnoma talablarining buzilişida aybdor bölgan şaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar böladi.
