Kibermadaniyatni oshirish yuzasidan o'quv-seminari tashkil etildi
2026-05-16 17:40:00 / Yangiliklar

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari va tuman hokimligi tomonidan tumanimizdagi mahalla yettiligi ishtirokida kiberxavfsizlikka bagʻishlangan profilaktik uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilarga internet tarmogʻidagi xavf-xatarlar, kiberfiribgarlik turlari, shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda xavfsiz foydalanish qoidalari haqida tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, turli misollar orqali firibgarlarni aldash usullari yoritilib, ulardan saqlanish boʻyicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
Bu kabi profilaktik chora-tadbirlar tizimli ravishda tumanimiz boʻylab davom ettirilmoqda.
Bogʻot tumani hokimligi axborot xizmati


