Davlat organlari va tashkilotlari rahbar hamda xodimlarining moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida o'quv-seminari tashkil etildi
2026-05-18 20:35:00 / Yangiliklar

Viloyatimiz bo‘ylab davlat organlari va tashkilotlari rahbar hamda xodimlarining moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida, ularni budjet va moliya sohasida o‘qitish bo‘yicha tasdiqlangan reja-jadval asosida o‘quv-seminarlari bo‘lib o‘tmoqda.
Ana shunday seminarlarning navbatdagisi bugun Bog‘ot tumanida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining Xorazm viloyati bo‘yicha vakili Dauletboy Urazimbetov hamda Bog‘ot tumani hokimining birinchi o‘rinbosari ishtirok etdi. O‘quv seminarida tuman mahalliy budjetidan mablag‘ oluvchi tashkilotlar rahbarlari, hisobchilari va iqtisodchilari qatnashib, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, moliyaviy intizom va hisob-kitob yuritish bo‘yicha tushuncha hamda tavsiyalarga ega bo‘lishdi.
Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati




