“Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqalari
2026-04-23 17:25:00 / Yangiliklar

Bugun yoshlarning harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga xizmat qiluvchi “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqalarining tuman bosqichi bo’lib o’tdi.
“Mahalladan respublikagacha” tizimi asosida tashkil etilgan mazkur musobaqalarning tuman bosqichida 500 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etib, g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar tuman hokimligi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tuman hokimi Jahongir Nazarov g‘oliblikni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichiga yo‘l olgan ishtirokchilarga kelgusidagi musobaqalarda tumanimiz sharafini munosib himoya qilishni tiladi.
Mazkur musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad - yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarni harbiy-vatanparvar, jismonan sog‘lom va har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazishdir.
Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati









