Sportning mini futbol turi bo‘yicha “Hokim kubogi”
2026-04-21 10:35:00 / Yangiliklar

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholining sogʻlom turmush tarzini shakllantirish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Prezidentimiz raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida sohadagi ustuvor vazifalar belgilab olindi va ularning ijrosini taʼminlash maqsadida aniq chora-tadbirlar belgilandi. Ushbu yigʻilishda haftada bir kunni “sport kuni” sifatida belgilash tashabbusi ilgari surilib, bu kunda barcha vazirlik, idora va tashkilotlarda sport mashgʻulotlarini muntazam oʻtkazish vazifasi qoʻyildi. Bu esa davlat xizmatchilari oʻrtasida jismoniy faollikni oshirish, sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish va mehnat samaradorligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Mazkur topshiriqlar ijrosini taʼminlash doirasida Bog‘ot tumanida sportning mini futbol turi bo‘yicha tumandagi idora va tashkilot xodimlari o‘rtasida “Hokim kubogi” musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati



