Payshanba - Yoshlar kuni
2026-04-02 16:20:00 / Yangiliklar

Bugun tuman hokimi Jahongir Nazarov boshchiligidagi rahbarlarning yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvi tuman markazidagi IT park binosida bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqotda rahbarlar tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar, imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi, uchrashuv qatnashchilarining taklif va tashabbuslari tinglanib qo‘llab-quvvatlandi hamda amaliy yordam berish chora-tadbirlari belgilandi.
Shuningdek, shu yerda IT parkda tahsil oluvchi yoshlar tomonidan logistika, xizmat ko'rsatish va boshqa bir qator sohalarga oid startap loyihalar ham taqdimot qilindi. Taqdim etilgan loyihalar nafaqat dolzarbligi, balki amaliy ahamiyati va tumanimiz iqtisodiy rivojiga qo‘shadigan hissasi bilan ham alohida ajralib turdi.
Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati






