Korrupsiya — jamiyat rivojiga to'siq
2025-12-22 15:45:00 / Yangiliklar
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Bog‘ot tuman bo‘limi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2025-yilda bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Xususan, O‘zagroinspeksiya tuman bo‘limining korrupsiyaviy xavf-xatarga duch keladigan vazifa va funksiyalari “e-anticor.uz” platformasiga kiritildi. Korrupsiyaga qarshi madaniyatni shakllantirish maqsadida 15 dan ortiq ma’lumotnomalar, bukletlar va infografikalar tarqatilib, xodimlarning xizmat xonalari va ish stollariga qo‘yildi. Shuningdek, korrupsiyani oldini olish bo‘yicha, sohada inson omili aralashuvini kamaytirish maqsadida:
- - muntazam ravishda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilib kelinmoqda;
- - korrupsiyaga oid murojaatlarni “online” qabul qilish amaliyoti joriy etildi;
- - korrupsiyaviy xavf-xatarlar va boshqalar haqida xabar berilishi mumkin bo‘lgan aloqa kanallari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.
- - huquqni muhofaza qilish akademiyasining “edu.proacademy.uz” ta’lim platformasi orqali 4 nafar xodimlar masofaviy o‘quv kurslarida o‘qitildi.
Shuningdek, muntazam ravishda korrupsiyaga qarshi kurashish, bu yuzasidan xodimlarning bilim va ko‘nikmalarni oshirish maqsadida maxsus o‘quv-trening tashkil etilib kelinmoqda.
2025-yilning o‘tgan davrida “O‘zagroinspeksiya”ning tuman bo’limi tomonidan tarmoqda amalga oshirilayotgan ishlar ochiqlik, mas’uliyat va halollik kabi tamoyillarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish har bir sof vijdonli insonning, demokratik jamiyat oldidagi muqaddas burchidir.
Agrosanaoat majmui ustidan nazorat qilish Inspeksiyasi
Bog‘ot tuman bo’limi boshlig‘i A.Komilov
