“Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalari sovrindorlari taqdirlandi
2025-12-25 21:30:00 / Yangiliklar

Xabaringiz bor, joriy yilning 23-noyabridan 5-dekabrigacha Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalarida Xorazm viloyati delegatsiyasi 16 ta oltin, 12 ta kumush va 24 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egalladi. Ushbu musobaqada viloyatimiz delegatsiyasi tarkibida ishtirok etgan Bog‘ot tumani sportchilari ham 8 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Bugun tuman hokimi Jahongir Nazarov va viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Nodira Jumaniyozova ushbu musobaqa sovrindorlari hamda yil davomida respublika va xalqaro musobaqalarda tumanimiz sharafini munosib himoya qilgan bir guruh sportchilarni yana bir bor muborakbod etib, ularga esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Ma’lumot uchun, joriy yilda Bog‘ot tumani sportchilari tomonidan respublika va xalqaro musobaqalarda umumiy hisobda 156 ta medal, shundan, 65 ta oltin, 45 ta kumush, 46 ta bronza medallari qo‘lga kiritildi.
Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati





