
Xalqaro hamkorlik
Andijon viloyati bugungi kunda dunyoning ko'plab mamlakatlari, xususan, Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Germaniya, Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari bilan faol tashqi savdo va investitsiyaviy hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda.
Viloyat hokimligi tomonidan xorijiy hamkorlar bilan birgalikda sanoat, qishloq xo'jaligi, sog'liqni saqlash, ta'lim va turizm sohalarida o'nlab qo'shma korxonalar va investitsiya loyihalari amalga oshirildi. Jumladan, xorijiy investorlar ishtirokida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish bo'yicha bir qancha memorandum va bitimlar imzolangan.
Quyidagi rasmiy davlat portallari orqali viloyatning tashqi savdo aylanmasi, eksport-import ko'rsatkichlari hamda xalqaro kelishuvlarning ijrosi haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin:
- Andijon viloyati eksport ko'rsatkichlari va tashqi savdo hamkorlari Ochiq ma'lumotlar portali (data.egov.uz)
- Investitsiyaviy loyihalar va xalqaro bitimlar ijrosi monitoringi Investitsiyalar portali (invest.gov.uz)


