SANOAT XAVFSIZLIGI MAVZUSIDA SEMINAR
2025-07-10 14:20:00 / Yangiliklar

Unda “Xavfli ishlab chiqarish obektlarining sanoat xavfsizligi, ayrim davlat kadastrlarini yuritish, texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalarda davlat kadastrini yuritish hamda yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar samaradorligini oshirish” yuzasidan ma’ruzalar qilindi.
Seminarni Qo‘mita bosh boshqarma boshlig‘i Olimjon Djuraev kirish so‘zi bilan ocharkan, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi atom energetikasi va yadro texnologiyalari ob’ektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida sanoat xavfsizligi sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish va nazorat qilish uchun javobgar bo‘lgan vakolatli davlat boshqaruvi organi etib belgilanganligini ta’kidladi.
Shuningdek, Toshkent viloyati hududiy boshqarma boshlig‘i Rustam Yusupov bugun kunda viloyatda xavfli ishlab chiqarish obektlaridan foydalanuvchi va bojxona omborlari hamda yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalar bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilot mingdan ortiqni jumladan, 148 ta AGNKS, 228 ta AYoQSh, 9 ta AGTSh, 60 ta omborlar, 300 ta XIChOlar hamda 250 dan ortiq boshqa turdagi yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalar bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalar mavjudligi, unda 50 mingga yaqin ishchi xodimlar faoliyat yuritishi va ular faoliyatida sanoat xavfsizligiga doir me’yoriy huquqiy hujjatlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirililayotgan holatlarga to‘htalib, sanoat xavfsizligi sohasida korxona tashkilotlar uchun tashkil etilayotgan qulayliklar va qabul qilinayotgan yangi me’yorlar haqida so‘z yuritildi.









