“Joylarda raqamlar bilan emas, real holat bilan ishlashimiz shart!”
2025-01-24 12:30:00 / Yangiliklar

Oila va xotin-qizlar muammolari bilan ishlashda joylarda kuzatilayotgan kamchiliklar tuman va mahallalar kesimida tahlil qilinmoqda.
Ta’kidlanganidek:
Ishsiz xotin-qizlar bilan o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra, mahalla, tuman va shahar hamda hududlarning 2025-yilda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, oila institutini mustahkamlashga qaratilgan dasturlari hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha “ombor” kitobi ishlab chiqildi.
2025-yilda yana 635 366 nafar ishsiz, ishlash niyatidagi xotin-qizlarni o‘qitish, bandligini ta’minlash vazifalari oldimizda turibdi.
Bu borada quyidagilarni amalga oshirish lozim:
✅ 139 396 nafar xotin-qizlar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tassarufidagi Kasbiy ko‘nikmalar markazlaridakasb-hunarga o‘qitishga jalb qilinadi.
✅ 134 400 nafar xotin-qizlar yangi tashkil qilingan “Hamroh” xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi” MCHJ va Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari hamda Biznesni rivojlantirish bankining Kichik biznesga ko‘maklashish markazlarida tadbirkorlik ko‘nikmalari va moliyaviy savodxonlikka o‘qitiladi.
✅ Sayxunobod tajribasi bo‘yicha 96 629 nafar ishsiz xotin-qizlarni asalarichilik, parrandachilik, issiqxona, baliqchilik va boshqa yo‘nalishlarda kasb-hunarga o‘qitiladi;
✅ biznesni rivojlantirish, daromad topish va tadbirkorlik qilish istagidagi 148 833 nafar xotin-qizlarga tijorat mablag‘lari ajratiladi va yangi ish o‘rinlarini yaratiladi
✅ 50 624 nafar lider tadbirkor ayollarga ehtiyojmand xotin-qizlarni biriktirib, daromad topishga o‘rgatiladi;
✅ 3 862 ta xonadonda kichik ishlab chiqarish syexlarini (meva, sabzavotlar, sut mahsulotlarini qayta ishlash, mato to‘qish, tikish va boshqa) tashkil etiladi;
✅ Pilla mavsumlarida tut ipak qurtini parvarishlash va tut ko‘chatlarini yetishtirishga 747 712 nafar xotin-qizlarni jumladan, 692 712 nafar xotin-qizlarni tut ipak qurtini parvarishlashga, 55 ming nafarini tut ko‘chatlarini yetishtirishga jalb qilish orqali bandligi ta’minlanadi;
✅ o‘rmon xo‘jaliklari bilan daraxt, gul ko‘chatlari yetishtirish bo‘yicha 13 120 nafar xotin-qizlarni daromad topishga o‘rgatiladi;
✅ mahallalarda 1160 ta “Xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari”ni tashkil etiladi;
✅196 ta tuman (shahar)da xotin-qizlarni kasbga o‘qitish, xizmat ko‘rsatish, hamda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida davlat-xususiy sherikchilik tamoyillari asosida hunarmandchilik sanoat markazlarini tashkil etishga ko‘maklashiladi.







