Zulfiyaxonim izdoshi Diyora Keldiyorova Olimpiada chempioni!
2024-07-28 18:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston delegatsiyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarini oltin medal bilan boshladi. Mahoratli dzyudochimiz Diyora Keldiyorova (-52 kg) finalda Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarining -48 kg vazn toifasidagi chempioni kosovolik Distriya Krasnichini mag‘lubiyatga uchratishga erishdi.
Diyora Keldiyorova Olimpiya o‘yinlari chempionligini qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik dzyudochiga aylandi. Shuningdek, 16-yil deganda o‘zbekistonlik ayol sportchi yana Olimp shohsupasiga ko‘tarilmoqda.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi jamoasi barchani tarixiy g‘alaba bilan tabriklaydi! Qolgan kunlarda ishtirok etadigan barcha atletlarimizga ham shunday yorqin g‘alabalar tilab qolamiz! Biz sen bilan faxrlanamiz, Diyora!
O‘zbekiston delegatsiyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarini oltin medal bilan boshladi. Mahoratli dzyudochimiz Diyora Keldiyorova (-52 kg) finalda Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarining -48 kg vazn toifasidagi chempioni kosovolik Distriya Krasnichini mag‘lubiyatga uchratishga erishdi. Diyora Keldiyorova Olimpiya o‘yinlari chempionligini qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik dzyudochiga aylandi. Shuningdek, 16-yil deganda o‘zbekistonlik ayol sportchi yana Olimp shohsupasiga ko‘tarilmoqda. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi jamoasi barchani tarixiy g‘alaba bilan tabriklaydi! Qolgan kunlarda ishtirok etadigan barcha atletlarimizga ham shunday yorqin g‘alabalar tilab qolamiz! Biz sen bilan faxrlanamiz, Diyora!


