Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan ehtiyojmand oilalardan bo‘lgan xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanoma (2 mingta qo‘shimcha davlat granti) qanday amal qiladi?
2024-07-29 07:10:00 / Yangiliklar

Xususan, amaldagi qonunchilikka ko‘ra tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun davlat granti asosida ajratiladigan 2000 ta kvotaning kamida 50 foizi (kamida 1000 ta joy) aniq va tabiiy fanlar, texnika va tibbiyot yo‘nalishlari uchun, qolgan kvotalar (kamida 1000 ta o‘rin) esa, umumiy boshqa barcha sohalar uchun ajratiladi.
Shuning uchun tavsiyanomaga ega xotin-qizlar yo‘nalish va OTM tanlashda ushbu talabni inobatga olishlari kerak bo‘ladi.
Bu muhim!
birinchidan, berilgan tavsiyanoma to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘qishga kirish imkonini bermaydi. Buning uchun tavsiyanomaga ega xotin-qizlar to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 30 foizini va undan kam bo‘lmagan ballni to‘plagan bo‘lishi kerak.
ikkinchidan, ko‘pchilik tavsiyanoma olgan xotin-qizlar tavsiyanomaga qancha ball qo‘shiladi? degan savollar bilan murojaat qilmoqda. Unutmang. tavsiyanomaga hech qanday qo‘shimcha ball qo‘shib berilmaydi!
uchinchidan, tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun imtiyozli 2000 ta kvota faqat BIRINCHI yo‘nalishga amal qiladi. Shu sababli birinchi yo‘nalishga KUNDUZGI TA’LIMNI tanlash kerak.
E’tibor bering! tavsiyanomasi bor xotin-qizlar birinchi yo‘nalishga sirtqi, kechki yoki masofaviy tanlansa, unda imtiyoz amal qilmaydi. Tavsiyanomasi bor xotin-qizlar birinchi yo‘nalishga kunduzgi ta’limni tanlab, qolganiga sirtqi, kechki, masofaviyni tanlash mumkin.
to‘rtinchidan, yuqorida, 2000 ta kvota hududlar kesimida ham taqsimlanishi qayd etilgan edi. Bu nimani anglatadi
va imtiyoz qanday qo‘llaniladi? Bu degani, masalan Andijon viloyati uchun ajratiladigan kvotalar faqat Andijon viloyatida doimiy ro‘yxatda turadigan xotin-qizlar uchun mo‘ljallangan. Ya’ni, andijonlik tavsiyanoma olgan xotin-qizlar OTM tanlashda faqat Andijondagi OTM tanlashi shart degani emas, ular istalgan hududdagi OTMlarni tanlashi mumkin.

Ma’lumot uchun: tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun
2023-yilgi o‘tish ballari quyidagi suratda berilgan. Mana shu balldan kam olganlarga imtiyoz qo‘llanmagan.
O‘tgan yillarda har bir soha uchun alohida tanlov bo‘lgan. Shu sababli o‘tgan yili tavsiyanoma olgan xotin-qizlar bitta sohada 130 ball bilan ham kirolmagan, boshqa sohada 68 ball bilan ham kirgan.
Ma’lumot uchun: tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun
2023-yilgi o‘tish ballari quyidagi suratda berilgan. Mana shu balldan kam olganlarga imtiyoz qo‘llanmagan.
O‘tgan yillarda har bir soha uchun alohida tanlov bo‘lgan. Shu sababli o‘tgan yili tavsiyanoma olgan xotin-qizlar bitta sohada 130 ball bilan ham kirolmagan, boshqa sohada 68 ball bilan ham kirgan.
Manba: https://t.me/xushnudbek/20881
