E’LON!
2024-05-29 12:05:00 / Yangiliklar
E’LON!
Oila va xotin-qizlar qо‘mitasi ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga qо‘shimcha qabul kо‘rsatkichlari doirasida ajratiladigan 2000 ta о‘rin uchun tavsiyanoma olish maqsadida talabgorlardan arizalar https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali 30 maydan 8 iyunga qadar onlayn ariza qabul qilinishini ma’lum qiladi.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalariga qо‘shimcha davlat granti asosidagi qabul kо‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni о‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi tо‘g‘risidagi Nizom”ga asosan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:
- kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar (Oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik о‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmaganda oila kam ta’minlangan deb e’tirof etiladi)
- tо‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
- turmush о‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;
- nogironligi bо‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
- ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;
- ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bо‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.
Tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan shuningdek, umumiy о‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatga ega bо‘lgan ehtiyojmand oilalardagi barcha talabgor xotin-qizlarga beriladi.
Ariza qoldirish bilan bog‘liq savollar bо‘yicha talabgorlar doimiy yoki vaqtincha turgan joyi bо‘yicha yashash joyidagi tuman (shahar) oila
va xotin-qizlar bо‘limlariga yoki Oila va xotin-qizlar qо‘mitasining
(71) 202-10-76 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.