Asosiy kontentga o'tish

Hurmatli soliq to‘lovchilar

2025-03-20 19:25:00 / Qo'mita yangiliklari

Soliq qo‘mitasi 2025-yilning 21-, 22- va 23-mart dam olish kunlari katta hajmli ma’lumotlar bazasini yangi serverlarga migratsiya qilish jarayonlari haqida doimiy ma'lum qilib borgan edi. Bu davrda soliq organlarining ayrim axborot tizimlari va elektron xizmatlarining ish faoliyati vaqtinchalik cheklanadi.

 

Xususan:

▫️soliq hisobotlarini yuborish;

▫️soliqlarni to‘lash;

▫️soliq to‘lovchi va soliq solish obyektlarini hisobga olish va hisobdan chiqarish;

▫️notarial idoralari tomonidan fuqarolik holati bo‘yicha ma’lumot qabul qilish;

▫️soliq imtiyozlari;

▫️elektron murojaatlar;

▫️ERI;

▫️keshbek va boshqa elektron xizmatlar;

▫️EHF, TTYuX, ijara va boshqa turdagi shartnomalarni rasmiylashtirish.

 

Shuningdek, Soliq mobil ilovasi faoliyatida ham vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

 

Savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish obyektlarida onlayn-NKT xarid cheklari uzluksiz shakllantiriladi.

 

Xarid cheklarini migratsiya jarayonlari tugagandan so‘ng skanerlash mumkin bo‘ladi, elektron cheklar bo‘yicha keshbek ham avtomatik tarzda aks ettiriladi.

 

Eslatib o‘tamiz, keshbek olish uchun xarid cheklari 10 kun muddatda Soliq mobil ilovasida ro‘yxatga olinadi.

 

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.

370

Oxirgi yangilanish: 2025-03-20 19:28:30

;
Hurmatli soliq to‘lovchilar