EHF rasmiylashtirishda o‘lchov birligini kilogrammga qanday o‘zgartirish mumkin?
2025-03-14 18:00:00 / Qo'mita yangiliklari
- Biz mahsulotni 300 va 500 grammlik qadoqlarda sotamiz. O‘lchov birligini kilogrammga qanday o‘zgartirish mumkin?
Buni amalga oshirish uchun tasnif.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali 0,3 kg va 0,5 kg qadoqlarni yarating. Ushbu qadoqni "Tanlanganlar" ro‘yxatiga qo'shing va EHF rasmiylashtirishda foydalaning.
Mahsulot qadoqlarini yaratish bo'yicha videoqo‘llanma