Shahrisabzda yurist-fidoiy bilan ilhomlantiruvchi uchrashuv!
2025-05-20 14:50:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist Dilbar Murodova ishtirokida Shahrisabz shahridagi 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yodda qolarli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu maktabni tamomlab, butun hayotini huquq sohasiga bag‘ishlagan, prinsipialligi, qonuniylikka sodiqligi va insoniyligi bilan tanilgan D. Murodova yoshlar bilan ochiq suhbat olib bordi.
Tadbir davomida mehmon yoshlarga halollik, bilim, adolat va mehr-muruvvat yo‘lidagi hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, kelajakda qanday inson bo‘lish uchun nimalarga e’tibor qaratish zarurligini anglab yetishdi.
Tadbir yakunida fanlarni o‘zlashtirishda faollik ko‘rsatgan o‘quvchilar va yosh avlod tarbiyasiga munosib hissa qo‘shayotgan o‘qituvchilar esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
#Shahrisabz #Huquqsohasi #Ilhomuchrashuvi #DilbarMurodova #Yoshlaruchun #Adolatyo‘li #QashqadaryoSud






