“Xotin-qizlar va oilalar bilan ishlashda inson taqdiri, natija va mas’uliyat birinchi o‘rinda”
2025-10-28 14:30:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda, dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash, aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, 2026-yil uchun ishlab chiqilgan Davlat dasturi loyihasi muhokamadan o‘tkazilib, undagi xotin-qizlar va oilalar manfaatiga xizmat qiluvchi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi.
Shu bilan birga, “Ijro.gov.uz” va “Edo.ijro.uz” tizimlaridagi topshiriqlar ijrosi hamda “loyiha.adliya.uz” orqali kelib tushgan normativ-hujjatlar loyihalari yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.
Qo‘mita bo‘limlari tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2026-yilga mo‘ljallangan rejalar taqdimoti o’tkazildi. Jumladan, mahallalarda xotin-qizlar faollari bilan ishlash, ularning muammolarini hal etish, huquqiy madaniyatni oshirish, oilaviy munosabatlarda sog‘lom muhitni mustahkamlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish, kasb-hunarga o‘qitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga belgilangan vazifalar ijrosini sifatli ta’minlash, joylardagi xotin-qizlar va oilalarning muammolarini hal etishda tashabbuskorlik hamda mas’uliyatni kuchaytirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
🔗Yig‘ilishda, shuningdek, to‘y, maraka va marosimlarni tartibga solish bo‘yicha ishchi guruhlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
“Har bir qabul qilinayotgan qaror ortida inson taqdiri, oila taqdiri turibdi. Biz har bir ayol, har bir oila uchun mas’ulmiz. Shu bois, ishimizni raqamda emas, natijada ko‘rsatadigan, odamlar hayotida seziladigan islohotlarga aylantirishimiz shart”
— deya qayd etdi Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Maxkamova.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmat



