“Yil ayoli” milliy tanloviga start berildi!
2025-10-16 10:40:00 / Yangiliklar

Ushbu tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2023-yil 21-dekabrdagi PQ–401-son qarori ijrosi doirasida o‘tkazilmoqda.
Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi:
1.Tuman (shahar) bosqichi — 2025-yil 30-oktyabrga qadar
2. Hududiy bosqich (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi) — 25-noyabrga qadar
3. Respublika bosqichi — dekabr oyida o‘tkaziladi.
35 yoshdan yuqori O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida 5 yil uzluksiz faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, shuningdek, o‘z oilasida, mahallasida namunali faoliyat ko‘rsatayotgan uy bekalari ham tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
Ishtirokchilar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘z kuchini sinab ko‘rishlari mumkin:
“Yilning eng vatanparvar ayoli”
“Yilning eng faol olima ayoli”
“Yilning eng ilg‘or tadbirkor ayoli”
“Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli”
“O‘z kasbining ustasi bo‘lgan yil ayoli”
“Yilning eng kuchli ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotchisi”
“Yilning eng yaxshi uy bekasi”
“Yilning eng jonkuyar ustozi”
“Yilning eng faol sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchisi”
“Yilning eng yangi g‘oyalar tashabbuskori”
“Yilning eng yaxshi AT–dasturchi ayoli”
Tanlovda qatnashishni istagan ayollar tegishli hujjatlarni o‘z tuman (shahar) Oila va xotin-qizlar bo‘limlariga taqdim etishlari lozim.
“Yil ayoli” milliy tanlovi — bu e’tirof, bu e’zoz! O‘zbekiston ayollarining salohiyati, irodasi va mehr-muhabbatini yuksak darajada qadrlashga qaratilgan ezgu tashabbusdir!
