Gender tengligi yo‘lida qo‘shma tashabbuslar
2025-10-14 14:35:00 / Yangiliklar

Suhbat avvalida ikki mamlakatning tarixiy do‘stona munosabatlari va yil sayin yangi darajaga ko‘tarilib borayotgan o‘zaro hamkorlik aloqalari, davlatlar rahbarlari o‘rtasida erishilgan muhim kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.
Suhbat chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro tajriba almashish hamda gender tengligini ta’minlash yo‘lida qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish masalalarini muhokama qildilar. Ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish borasida istiqbolli yo‘nalishlar belgilab olindi.
Tomonlar muloqotni davom ettirish hamda amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.



