Oila mustahkamligiga putur yetkazishi mumkin bo'lgan salbiy omillar muhokama qilindi
2025-09-26 10:25:00 / Yangiliklar
Bosh vazir o'rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo'mitasi raisi Z.Maxkamova rahbarligida Jizzax viloyatida bo'lib, rahbarligida viloyat tashkilot rahbarlari, "Rahbar ayollar" va "Oqila ayollar" harakati a'zolari bilan yig'ilish o'tkazildi.

Yig'ilishda bugungi kunda oila mustahkamligiga putur yetkazishi mumkin bo'lgan salbiy omillar, jumladan, migratsiyadagi xotin-qizlar, ularning vasiylikka qolayotgan farzandlarini nazoratga olish, ish bilan ta'minlash, erta tug'ruq va erta nikohlarning oldini olish yuzasidan bir qator masalalar muhokama etildi.
Shuningdek, bitiruvchi qizlarni oliy ta'lim, texnikumlarga qamrab olish, ularni ham bo'sh vaqtida samarali mehnat bilan band bo'lishlari uchun qulay sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli tashkilot va idoralarga topshiriqlar berildi.
