Vatan mehri yuragimda
2025-07-31 14:05:00 / Yangiliklar
Oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, yosh avlod ongida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida “Vatan mehri yuragimda” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda Yashnobod tumanida istiqomat qiluvchi bir guruh xotin-qizlar, jamoatchilik vakillari hamda soha fidoyilari qatnashdi. Ishtirokchilar dastlab "Millat fidoyilari" monumenti poyiga gulchambar qo‘ydilar.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mas’ul xodimlari, jamoatchilik faollari so‘zga chiqib, Vatanga muhabbat – oiladan boshlanishi, uning tinchligi va taraqqiyoti har bir fuqaroning, ayniqsa, onalar va ayollarning faolligi bilan chambarchas bog‘liq ekani ta’kidladi.
Yakunda Vatan, tinchlik va birdamlik g‘oyalarini targ‘ib etuvchi kuy va qo‘shiqlar ijro etildi. Ushbu ijrolar ishtirokchilarga iliq taassurot bag‘ishladi va ona Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usini yanada kuchaytirdi.









