AOKAda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan “2025-yilning oʻtgan davrida oila va xotin-qizlar bilan ishlash sohasida amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.
2025-07-10 12:55:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda xotin-qizlar turli soha va tarmoqlarda samarali faoliyat yuritib, Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshmoqdalar.
Oʻzbekiston ayolining parlament, siyosiy partiyalar, biznes va jamoatchilik faoliyatidagi nufuzi tobora yuksalmoqda.
Xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yoʻnalishida 100 ga yaqin hujjatlar qabul qilindi.
Birgina joriy yilda sohaga doir 8 ta normativ-huquqiy hujjat (1 ta Qonun, 1 ta Senat qarori, Prezidentning 1 ta Farmoni, 2 ta Qarori, 3 ta Hukumat qarori) qabul qilindi.
Joriy yil boshida Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining 1053-son Qonuni imzolandi.
Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi. Xususan, Oila kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ishlar koʻrib chiqilayotganda sud oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaxsning talabiga koʻra yarashish uchun muhlat tayinlamasligi belgilandi.
Uy-joy kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, turar-joydan foydalanish haqidagi nizolar koʻrib chiqilayotganda sud taraflarning kelishuviga asosan turar-joy mulkdorining tashabbusiga koʻra turar-joyga majburiy tartibda kiritilayotgan tarafni turar-joy mulkdoriga tegishli mutanosib sharoitlarga ega boʻlgan boshqa turar joyga kiritish yoki ijaraga olingan turar-joy uchun ijara haqini toʻlash majburiyatini mulkdorning zimmasiga yuklatishi mumkinligi belgilandi.
Bundan tashqari, qizlar isteʼdodini roʻyobga chiqarish maqsadida 28 nafar qizlar Prezident Qaroriga koʻra Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Natijada ushbu nufuzli mukofot bilan taqdirlangan qizlar soni 480 taga yetdi.
Jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik koʻrsatgan, shuningdek, Vatan himoyasi yoʻlida farzandlari halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning va Olimpiya hamda Paralimpiya chempionlarining onalari — 333 nafar ayollar “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qaroriga muvofiq, 3 856 nafar mutaxassisligi boʻyicha 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy maʼlumoti yoʻq talabgor xotin-qizlarga tavsiyanoma berildi.
Hukumatning 2020-yil 23-iyundagi 402-sonli qaroriga muvofiq, 14 099 nafar ehtiyojmand oilalardan boʻlgan talabgor xotin-qizlarga tavsiyanoma berildi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash borasida
Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda joriy yil boshida 30 yoshdan yuqori boʻlgan 7 638 646 nafar xotin-qizlar bilan suhbatlar oʻtkazilib, anketa-soʻrovnomalari toʻldirildi.
Natijada “Ayollar daftari”ning 6-bosqichiga respublika boʻyicha 1 022 476 nafar xotin-qizlar kiritildi.
Shu kunga qadar ulardan 763 779 nafariga amaliy yordamlar koʻrsatildi. Jumladan,
1-toifadagi ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz 518 306 nafarining bandligi taʼminlandi.
2-toifa – tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand 21 142 nafar xotin-qizlarning tadbirkorlik qilishlari uchun koʻmaklashildi.
3-toifa – boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand 87 618 nafar xotin-qizlarga moddiy yordam koʻrsatildi. Ulardan
363 nafarining uy-joylari taʼmirlab berildi.
4-toifaga kiritilgan ijtimoiy yordamga muhtoj 1 va 2-guruh nogironligi boʻlgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand 90 138 nafar xotin-qizlarga ham bir martalik moddiy yordam koʻrsatildi.
Ushbu toifadagi uy-joyi taʼmirga muhtoj 167 nafar xotin-qizlarning uy-joyini taʼmirlashga koʻmaklashiladi.
5-toifa – uy-joyga muhtoj ehtiyojmand 1 771 nafar xotin-qizlarga amaliy yordam berildi. 99 nafari uy-joy bilan taʼminlandi. 1 672 nafariga ijara kompensatsiyasi toʻlab berildi.
6-toifaga mansub qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandi mavjud ehtiyojmand 44 804 nafar xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam koʻrsatildi. 849 nafariga tomorqadan unumli foydalanishi uchun yordam berildi.
Oilada huquqiy madaniyatni oshirish, ular oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish, tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish yoʻnalishida ham qator tashkiliy va amaliy ishlar olib borildi.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika mahallalarida jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025 yil 3 yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosini taʼminlash boʻyicha qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
- Oila-turmush doirasida va xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, aholi oʻrtasida tazyiq va zoʻravonliklarga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish boʻyicha Qoʻmitaning 2025-yilga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi ijroga qaratildi.
- Oilada va xotin-qizlar oʻrtasida huquqiy madaniyatni oshirish maqsadida mahallalarda, taʼlim muassasalarida va barcha mehnat jamoalarida profilaktik va axborot-maʼrifiy komandalar shakllantirilib, targʻibot tadbirlari olib borilmoqda.
- Kriminogen vaziyati ogʻir mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 108 852 nafar (43 %) xotin-qizlarning muammolari oʻrganilib, ularni hal etish choralari koʻrildi.
- “Profilaktik, axborot-maʼrifiy komandalarning 209 342 nafar faol targʻibotchilari tomonidan jami 67 196 ta targʻibot tadbirlari oʻtkazildi va ularda 368 504 nafar xotin-qizlar hamda notinch oilalar vakillarining ishtiroki taʼminlandi.
- “Xonadonbay” ishlash orqali xotin-qizlarning turmush tarzi va oilaviy sharoitini oʻrganish natijasida huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli boʻlgan 13 759 ta muammoli oilalar hamda 3 860 nafar alohida toifadagi xotin-qizlar aniqlandi.
- Ularga “Oqila ayollar” harakati aʼzolari va boshqa ijtimoiy faol ayollardan iborat jami 17 716 nafar “tarbiyachi-maʼnaviy homiy”lar biriktirildi.
Natijada 11 065 ta oilalardagi turli ijtimoiy maishiy muammolar hal etildi, 2 951 nafar xotin-qizlarning ijtimoiylashuvi taʼminlandi.
Tarbiyasi ogʻir va muntazam dars qoldiradigan 3 248 nafar maktab oʻquvchi qizlarning ota-onalari bilan yakka tartibdagi suhbatlar oʻtkazilib, 2 053 nafar oʻquvchi qizlar maktablarga qaytarildi va 1 268 nafari turli fan va ijodiy toʻgaraklarga jalb etildi.
- “Xavfsiz oila” moduli orqali Oila-turmush munosabatlari doirasida huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida sudlarda nizolashayotgan oilalarning 29 467 tasi oʻrganildi va 13 984 tasida nizolar sudgacha hal etildi.
- Hududlarda oʻtkazilayotgan targʻibot kompaniyalarida axborot-maʼrifiy komandalar tomonidan jami 67 196 ta targʻibot tadbirlari oʻtkazildi. Tadbirlarga 209 342 nafar faol targʻibotchilar jalb etildi. Tadbirlarda jami ishtirok etganlar 368 504 nafarni tashkil etdi.
Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar
Oʻtgan davr mobaynida tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish borasida 2 ta Qonun, 1 ta Prezident Qarori, 2 ta Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.
Mazkur hujjatlarga asosan, xotin-qizlar va bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qil.
Eng muhimi, 22 527 ta oilalar yarashtirildi va 28 193 ta nizolarning asl sabablari bartaraf etildi.
Takroriy zoʻravonlikning oldini olish maqsadida, himoya orderi berilgan 9 275 nafar tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan zoʻravon shaxslar tuzatish dasturiga yoʻnaltirildi.
Muhtaram Yurtboshimizning “Respublika mahallalarida jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025 yil 3 yanvardagi PQ-1-son qarorlari 2025-yilda amalga oshiradigan ishlarimiz uchun dasturi amal boʻldi.
Oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy barqarorlikni taʼminlash maqsadida har bir tuman (shahar)da “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari” faoliyatini “oila-mahalla-taʼlim muassasasi” tamoyili asosida tashkillashtirishning har oylik sifat indikatorlari belgilanishi yoʻlga qoʻyilib, faoliyati ustidan nazorat oʻrnatildi.
Natijada sodir etilgan jinoyatlarning sabablari va omillarini oʻrganish orqali nizoli oilalar va huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli boʻlgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash tizimi yoʻlga qoʻyildi.
Rais oʻrinbosari tomonidan Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan 2025-yilning ikkinchi yarmida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 10 ga yaqin ustuvor vazifalar sanab oʻtildi.










