Germaniyada anglashuv memorandumi imzolandi
2025-06-07 19:50:00 / Yangiliklar

Bosh vazir o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Maxkamova boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi vakillari hamda German Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkilotining uzoq muddatli maslahatchisi va O‘zbekiston bo‘yicha direktori Matias Vangler hamrohligida Potsdam shahridagi O‘rta Brandenburg Shparkassasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida O‘rta Brandenburg Shparkassasi Boshqaruv Kengashi Raisining Jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari janob Robert Xayduk bilan uchrashilib, xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ishsiz va kam ta’minlangan xotin-qizlar uchun mentorlik xizmatlari yuzasidan qilinayotgan amaliy ishlar bilan tanishildi hamda har ikkala davlat tomonidan amalga oshirilayotgan xotin-qizlar va yoshlar uchun davlat hamda tijorat dasturlari bo‘yicha fikrlar almashinildi.
Tor doiradagi uchrashuvlarda istiqbol rejalar belgilab olindi.
Dastur doirasida elchixona vakillari hamrohligida Potsdam shahridagi Sansussi saroyiga tashrif buyurdi va saroyda sohibqiron Amir Temurga ko‘rsatilgan ehtirom ramzi - ekspozisiya bilan tanishdi.
Kun yakunida O‘zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari - Oila va xotin qizlar qo‘mitasi raisi Z.Maxkamova, Matias Vangler, Mikrokredit bank boshqrauv raisi o‘rinbosari Sh.Ibragimova bilan “O‘zaro hamkorlikni davom ettirish, xotin-qizlarning moliyaviy savodxonligini oshirish, yangi startaplarni tashkil etishda xalqaro tajribalarda hamkorlik yuzasidan uch tomonlama Anglashuv memorandumi imzolandi.




