Diqqat e'lon
2025-05-27 18:55:00 / Yangiliklar

Avval xabar berganimizdek, Vazirlar Mahkamasining “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida” 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qaroriga muvofiq, mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan, shuningdek, ehtiyojmand oilalardan bo‘lgan xotin-qizlar uchun alohida qabul kvotalari doirasida oliy taʼlim olish imkoniyatlari yaratilgan.
Mazkur imtiyozlardan foydalanish uchun talabgorlar oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega bo‘lishlari kerak. Tavsiyanoma berish bilan bog‘liq jarayonlar belgilangan talablarga muvofiq tashkil etilmoqda.
Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat staji mavjud, lekin oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan, o‘rta maxsus yoki professional taʼlim muassasalarini tamomlagan talabgor xotin-qizlarga tavsiyanoma uchun joriy yilning 31 may (shu kuni ham) kuniga qadar o‘zlari yashab turgan hududdagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlariga murojaat qilishlari kerak bo‘ladi.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tavsiyanoma berilishi uchun arizalar 31 mayga qadar qabul qilinadi. Undan so‘ng arizalar qabul qilinmaydi. Qizlarimizni ulgurib qolishga chaqiramiz.
Eslatamiz – ushbu tavsiyanoma 3 yil muddatga beriladi. 2022-yilda berilgan tavsiyanomalarning muddati tugaganligi sababli oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilinmagan xotin-qizlar qayta tavsiyanoma olish uchun ariza topshirishlari kerak bo‘ladi. 2023, 2024 yillarda berilgan tavsiyanomalar bu yil ham amal qiladi.
