Joriy yilning 8-may kuni Bosh vazir oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z. Mahkamova Jahon Bankining “Qishloq ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasining yakuni va “Oʻzbekistonda qishloq ayollari uchun inklyuziv model
2025-05-08 11:45:00 / Yangiliklar

Bosh vazir oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z. Mahkamova tomonidan tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi hududlarda “Maslahat markazlari”ga ehtiyoj mavjudligi hamda ayollarning soliq hisobotlari va buxgalteriya hisobini yuritish xizmatlarini joriy etish hamda О‘zbekiston Respublikasining chekka hududlaridagi maʼlum dasturlar asosida tanlab olingan xotin-qizlarni Jahon banki metodologiyasi asosida tadbirkorlikka bо‘lgan ishonchini oshirish, tajribali mutaxassislar yordamida tadbirkorlik kо‘nikmalarini shakllantirish lozimligi takliflari berildi.
Maʼlumot uchun: Hozirgi kunga qadar Jahon Banki loyihasi doirasida Jizzax viloyatining Zomin, Baxmal, Forish va Yangiobod tumanlarida hamda Fargʻona viloyatining Yozyovon, Furqat, Qо‘shtepa va Sо‘x tumanlarida:
- jami 180 ta “Ayollar farovonligini oshirish guruhlari” tashkil etildi;
- “Dastur” doirasida 1000dan ziyod xotin-qizlar qamrab olindi;
- 800ga yaqin xotin-qizlar tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashdi.
- 175ta ayollar ishtirokidagi kichik korxonalar tashkil etildi;
- ushbu korxonalarga jami 2 mln AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar taqdim etildi.
Taqdim etilgan mablagʻlar doirasida ayollar tomonidan chorvachilik, bogʻdorchilik, asalarichilik, sutni qayta ishlash, tikuvchilik, kasanachilik, kichik ishlab chiqarish va boshqa tadbirkorlik yо‘nalishlaridagi biznes gʻoyalar amalga oshirilib kelinmoqda.





