Ayolga ehtirom millatga ehtiromdir!
2025-03-15 12:40:00 / Yangiliklar

Shirin shahrida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan ayollar ishtirokida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🔸 Tadbirda "Shuhrat" medali sohibasi Gulchehra Qarshiboyeva, "Zulfiya" davlat mukofoti sohibasi Maftuna Gʻaniyeva va "Mo‘tabar ayol" ko‘krak nishoni sohibasi Saboxat Nurboyeva ishtirok etib, faoliyatlari, hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
🗣 Uchrashuv iliq va samimiy ruhda o'tib, unda ishtirok etgan har bir kishi o'ziga katta taassurot oldi.
✅ Bu kabi uchrashuvlar o‘sib kelayotgan yosh avlodning kasb va bilim cho‘qqilarini zabt etishlari uchun ruhlantiribgina qolmay, yangi marralar sari dadil odimlashiga xizmat qiladi.






