10-15-fevral - “ILMLI AYOL – JAMIYAT KO‘ZGUSI” HAFTALIGI
2025-02-08 21:15:00 / Yangiliklar

Oradan ikki yil o‘tgach, BMT Bosh Assambleyasining 2015-yil 22-dekabrdagi yalpi majlisida 11-fevral “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” sifatida e’lon qilindi.
Ushbu sana har yili mamlakatimizda ham keng nishonlanadi. Joriy yilda Vazirlar Mahkamasining 2025- yil 3-fevraldagi tegishli bayoniga muvofiq, 10-15-fevral kunlari “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida haftalik tashkil qilinadi.
Haftalikda olima ayollar va ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchi, talaba va o‘quvchi qizlar ishtirokida ta’lim muassasalari hamda mahallalarda ilmiy-amaliy anjumanlar, xotin-qizlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan turli tadbirlar o‘tkaziladi. Jumladan:
10- fevral kuni Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetida o‘tkaziladigan “Ayol, biznes va innovatsiya” mavzusida forumida haftalikka start beriladi.
Shuningdek, haftalik doirasida quyidagi forum va anjumanlar o‘tkaziladi:
🔸 Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida "O‘zbekiston olima ayollarining xalqaro maydondagi o‘rni" mavzusida forum;
🔸 Toshkent Kimyo texnologiyalari institutida “Xotin-qizlarni STEAM sohasiga jalb qilish: yutuqlar va muammolar” xalqaro forum;
🔸 Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Barqaror taraqqiyot: inklyuziv ta’lim va xotin-qizlar tashabbuslari” mavzusidagi xalqaro forum;
🔸 O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan “Xotin-qizlarning fan va yetakchilik dagi o‘rni” mavzusida tadbir;
🔸 Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida “Ko‘p millatli Yangi O‘zbekistonda ilm–fan taraqqiyoti va tadbirkorlikni rivojlantirishning o‘ziga xos bosqichlari” mavzusida xalqaro anjuman;
🔸 Toshkent davlat texnika universitetida “Muhandis ayollar – 2025” forumi va ko‘rgazma;
🔸 Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “IT sohasida xotin-qizlarning o‘rni” mavzusida forum va ko‘rgazma;
🔸 Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetida “O‘zbekiston yosh olima qizlari-Uchinchi Renessans yaratuvchilari" mavzusida anjuman;
🔸 Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo texnologiyalari universitetining Toshkent filialida “Global ayollar tushligi” tadbiri tashkil etiladi.
Shuningdek, boshqa juda ko‘plab tadbirlar o‘tkaziladi.
Aziz va qadrli ayollar, yurtimizning iqtidorli qizlari, “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” haftaligida faol ishtirok eting!
