Joriy yildagi asosiy vazifalar, muhim chora-tadbirlar muhokama qilindi
2025-01-08 13:05:00 / Yangiliklar

Yigʻilishda “Ayollar daftari”ning yangi bosqichini xolis, shaffoflik asosida tashkil qilish;
muammoli oilalar bilan manzilli va, albatta, natijali ishlash;
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohiblari faoliyatini puxta monitoring qilish, davlat va jamiyat hayotida faollik koʻrsatib kelayotgan sovrindorlar haqida turli media kontentlar yaratish va keng targʻib qilish; Respublika komissiyasi faoliyati jarayonlarini shaffof va samarali tashkil qilish;
turli davlat mukofoti olgan xotin-qizlar haqida sohalar kesimida maʼlumotlar va materiallar tayyorlash, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targʻib qilish;
“Toʻmaris izdoshlari” tadbirlarini ommalashtirish, tegishli hamkor vazirlik va idoralar bilan birgalikda joriy yilda oʻtkaziladigan ushbu yoʻnalishdagi tadbirlarni taʼsirchan hamda keng qamrovli tarzda tashkil qilish;
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati oʻtkaziladigan tadbirlarni yuqori darajada tashkil qilish;
Barcha boʻlimlar doimiy hamkorlik qiladigan vazirlik va tashkilotlarlar bilan hamkorlik chora-tadbirlarini tayyorlash va ijroga qaratish;
Oila kodeksiga kiritiladigan tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar;
xalqaro hamkorlik masalalarini yanada jonlantirish;
faoliyatga ilgʻor xorijiy tajribalarni tatbiq qilish;
migratsiyadagi xotin-qizlar va ularning oilalari, farzandlari bilan ishlash;
“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti olimlarining ishlanmalarini amaliyotga joriy qilish kabi muhim vazifalar muhokama qilindi. Zaruriy chora-tadbirlar belgilandi.
Qoʻmita raisi tomonidan alohida taʼkidlanganidek, “Bugun tizimda amalga oshirilayotgan har bir loyihalar oilalar farovonligi, ayolning oilada ham, jamiyatda ham baxtli boʻlishiga muayyan darajada hissa qoʻshishi kerak”.
Shuningdek, joylarda ijtimoiy faol, davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun oʻz hissasini qoʻshishni muqaddas burch deb biluvchi koʻp ming sonli xotin-qizlarning boy hayotiy va amaliy tajribasini hayotga tatbiq etish, ayolning jamiyatdagi rolishi oshirish Qoʻmita va uning hududiy boʻlinmalari, mahalla faollari oldida turgan muhim vazifalardandir.
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi
Axborot xizmati



